Qirg‘iziston O‘zbekistonga elektr eksport qilishni to‘xtatdi

Ushbu choralar mamlakatlararo shartnomada nazarda tutilgan va tomonlar noroziligiga olib kelmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 27 yanv – Sputnik. Qirg‘iziston O‘zbekiston va Qozig‘istonga elektr energiyasi uzatishni tuxtatdi, deb xabar qilmoqda Qirg‘izistonning Akchabar nashri.

"Qirg‘iziston Milliy Energetika xoldingi ob-havoning sovib ketishi munosabati bilan O‘zbekiston va Qozog‘istonga elektr energiyasi eksport qilishni vaqtincha to‘xtatib turishga qaror qildi. Cheklov 25-yanvardan boshlandi", — deyilgan kompaniya xabarida.

Qirg‘iziston Milliy xoldingi direktori Aybek Kaliyev aytishiga qaraganda ushbu choralar mamlakatlar orasida tushilgan shartnomalarda, nazarda tutilgan shuning uchun u qo‘shnilar noroziligiga olib kelmaydi.

Haqiqatdan ham, ushbu kunlarda Markaziy Osiyo hududiga noodatiy sovuq ob havo kirib kelgan. Ustiga ustak, yaqinda Bishkekdagi IESda kuchli avariya sodir bo‘ldi va u yerda elektr ishlab chiqarishi to‘xtatilgan edi.