TOShKENT, 27 yanv – Sputnik. Tovuq go‘shtidan tayyorlangan ovqatlarga ixtisoslashgan tezkor xizmat ko‘rsatish oshxonalar xalqaro tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga chiqmoqda va ushbu munosabat bilan kadrlar izlamoqda, deb xabar qildi spot.uz sahifasi.
Xususan hh.ru saytida joylashtirilgan vakansiyalarga ko‘ra, KFC Toshkentda restoran direktori, direktor yordamchisi va menejer lavozimlariga kadrlar izlamoqda.
KFC— Kentucky Fried Chicken (Kentakki shtatidan qovurilgan jo‘ja)- restoranlar soni bo‘yicha bugungi kunda dunyoda “McDonald’s”dan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan.
KFC O‘zbekistonda International Foodchain tashkiloti bilan hamkorlik qilishi xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, amerikaning Yum! Brands, Inc. rorporatsiyasi dunyoda ommaviy bo‘lgan 3ta tezkor ovqatlanish restoranlari tarmog‘ini o‘z ichiga olgan —KFC, Taco Bell,Pizza Hut. Kompaniya 110 mamlakatda 42,7 ming restoranlarni nazorat qiladi.