"Gazprom" 2018-2021 yillarda Surxondaryoda zavod quradi

Zavod dastlabki yillarda yiliga 2 mlrd. kubometr, keyin - 4 mlrd kubometr gazni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. "Gazprom"ning  xalqaro tuzilmalaridan biri bo‘lgan — Gas Project Development Central Asia  kompaniyasi 2018 — 2021-yillar davomida Surxondaryo viloyatida joylashgan "Mustaqillikning 25-yilligi" gaz konida gazni qayta ishlash zavodi quradi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

Ushbu loyiha bo‘yicha hamkorlik "Mahsulotni taqsimlash shartnomasi" asosida yo‘lga qo‘yilgan. Uning umumiy qiymati 5,8 mlrd dollar. Loyiha 35-yilga mo‘ljallangan. Zavod dastlabki yillarda yiliga 2 mlrd. kubometr, keyin — 4 mlrd kubometr gazni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi.

Ushbu loyiha 2017-yilning aprel oyida O‘zbekiston Hukumati va bir guruh investorlar — Gas Project Development, Altmax Holding Ltd. va "Uzneftegazqazibchiqarish" AJ ishtirokida tuzilgan bitimga asosan amalga oshirilmoqda.

Ayni damda "Mustaqillikning 25-yilligi" gaz koninida baholash qudug‘i qurish ishlari olib borilmoqda. Uning yordamida kondagi uglevodorodar miqdori baholanadi. Loyihani amalga oshirishda xalqaro servis kompaniyasi Eriell xizmatlaridan foydalanilmoqda. 2019-yilda yana uchta baholashg qudug‘i qazish rejalashtirilgan.