TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Rossiya 14-iyundan 15-iyul sanasiga qadar mamlakatning 11ta stadionlarida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘sag‘asida Tojikiston fuqarolariga mamlakatga kirishni ta’qiqladi. Ta’qiq muddati 25-maydan boshalanadi va 25-iyulga qadar davom etadi. Bu haqda Tojikiston Mehnat vazirligi xabar bergan.
Ko‘rsatilgan muddatda Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Yekaterinburg, Kazan, Kaliningrad, Quyi Novgorod, Rostov-Don, Samara, Saransk va Sochi shaharlariga kirib kelgan fuqarolar bir sutka muddatda migratsiya uchetiga turishlari shart.
"Ushbu talab naqafat Tojikiston fuqarolari, balki yuqorida nomi tilga olingan Rossiya shaharlariga kirib keluvchi barcha chet elliklarga tegishli va Jahon chempionati-2018 xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan", — deb ta’kidlagan vazirlik.
Futbol bo‘yicha 2018-yilgi chempionat — FIFA tomonidan o‘tkazilayotgan 21-jahon chempionatidir, uning bir qismi Rossiya shaharlarida 14-iyundan — 15-iyul sanasiga qadar o‘tkaziladi.
Chempionat Rossiyaning 11 shaharlarida joylashgan 12ta stadionda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, chempionatda birinchi marta video takrorlash tizimi ishlatiladi.