O‘zbekiston va Belarus qutqaruvchilari hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazishadi

FVV ma’lumotiga ko‘ra, amaliy o‘quv mashg‘ulotlar Toshkent shahrida va Toshkent viloyatining Chimon tog‘li hududida amalga oshirish rejalashtirilgan
Sputnik

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Belarus Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari A.Xudoleyev boshchiligidagi qutqaruvchilar 2018-yil 25-yanvar kuni O‘zbekistonga kelishadi, deb xabar qildi O‘zbekiston FVV matbuot xizmati.

O‘zbekistonda hafta oxirida havo harorati 18 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda

Tashrif O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Belarus Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2017-2018 yillarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi tadbirlar rejasiga asosan amalga oshiriladi.

Tashrif doirasida Toshkent shahrida va Toshkent viloyatining Chimon tog‘li hududida «Zilzila oqibatida yong‘inlar kelib chiqishi, shuningdek mehmonxona binosining qulashi va tog‘li hududlarda jabrlanganlarni qidirish va evakuatsiya tadbirlarini olib borishda qutqaruv tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlari» mavzusida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Sovmestnie ucheniya spasateley Uzbekistana i Belarusi

Hamkorlikdagi o‘quv mashg‘uloti davomida qutqaruvchilar tomonidan dam oluvchilarni evakuatsiya qilish, tog‘ qoyalarida alpinistik anjomlar yordamida qutqarish, ko‘chki oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlarni qidirib topish va evakuatsiya qilish, qidiruv-qutqaruv tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish, dor yo‘lida alpinistik qutqaruv texnologiyalarini qo‘llash, jabrlanganlarga psixologik ko‘mak berish, shuningdek, yong‘in va vayronalarda qutqaruv ishlarini olib borish bo‘yicha amaliy harakatlar bajariladi.