Tanasidan ignalar topilgan bolakay vafot etmagan

Kasalxonada bolakayning vafoti haqidagi xabarlarni inkor qilishdi. Ayni damda u jonlantirish bo‘limida ekan.
Sputnik

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Respublika Shoshiling tibbiy yordam Respublika ilmiy markazida tanasidan  ignalar topilgan bolakayning vafoti haqidagi xabarni inkor etishdi.

“Bolakay tirik, jonlantirish bo‘limida”, — dedi vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbaa Sputnik muxbiriga.

Biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda bolakay vafot etgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Xususan,  Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xodjayeva Sputnik O‘zbekistonning Facebook dagi sahifasida bolakay vafot etganini xabar qilgan edi.

Bir necha soat oldin Facebookdagi “Xalq bilan muloqot” guruhida quyidagi rasm paydo bo‘ldi. U yerda aytilishiga ko‘ra bolakay “klinik o‘lim”holatidan koma holatiga qaytgan.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bolakayning ahvoli haqida hozircha hech qanday aniq xabar tarqatilgani yo‘q.