Filippinda ulkan Mayon vulqoni otildi - mahalliy aholi sarosimaga tushib qoldi

Filippinda ulkan Mayon vulqoni otilganligi tufayli 40 mingga yaqin aholi o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lishgan
Sputnik

Mayon vulqonidan katta miqdorda kul va tutun otilib chiqdi.

Seymologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqada xavfning to‘rtinchi darajasi joriy etildi.

Mahalliy ma’muriyat vulqon atrofidagi xavfli hududni 9 kilometrga qadar oshirdi.