Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan telefonda so‘zlashdi

Suhbatdavomida prezidentlar Aqto‘be fojeasi va boshqa masalalarni muhokama qilishdi
Sputnik

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik.Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda prezidentlar Aqto‘be fojeasi va boshqa masalalarni muhokama qilishdi. Nursulton Nazarboyev fojeada qurbon bo‘lgan 52 nafar O‘zbekiston fuqarolarining vafoti munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi.

Undan so‘ng prezidentlar O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorligining dolzarb masalalari, mahalliy va dunyo kun tartibidagi boshqa masalalar borasida fikr almashishdi.

Suhbat yakunida prezidentlar yil davomida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan uchrashuvlar rejasini muhokama qilishdi.

Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabariga asosan.