TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. GM Uzbekistan Yaqin Sharq mamlakatlariga avtomobil eksportini booshladi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.
Xususan, O‘zbekistonlik avtomobil ishlab chiqaruvchi Chevrolet Spark avtombilini Livan va Iordaniyaga yetkazib berishno boshladi. Mahsulotning birinchi partiyasi 23-yanvar kuni yetkazib berildi.
Kompaniya xabariga ko‘ra, yil oxiriga qadar Yaqin Sharq hududiga 500 ta avtomobil yetkazib berish rejalashtirilgan.
Ayni damda ushbu avtomobillarni Tunisga yetkazib berish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.