Taniqli o‘zbek estrada qo‘shiqchisi Lola Yo‘ldosheva Moskvada katta konsert beradi

Konsert dasturida turli sovg‘alar va ko‘ngilochar uyinlar o‘tkaziladi
Sputnik

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. 8 mart, xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni Moskvada taniqli o‘zbek estrada qo‘shiqchisi Lola Yo‘ldoshevaning yakkaxon konserti bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

14 fevral kuni "Dutorchilar" ansambli konsert dasturini taqdim etadi

Konsert tashkilotchilari muxlislarga o‘zgacha yangi dastur taqdimoti o‘tkazilishi haqida va’da berishmoqda.

Konsert dasturida turli sovg‘alar va ko‘ngilochar uyinlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, muxlislar Lolani 3-fevral kuni Sankt-Peterburgda va 4-fevral kuni Moskvada ko‘rishlari mumkin. Bu haqda Lola Yo‘ldosheva o‘zining Instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oktabr oyida Lola O‘zbekistonga tashrif buyurgandi. Undan avval o‘zining yangi qo‘shigini Tojikistonda taqdimotini o‘tkazgandi.