Toshkentda yer qimirladi

Toshkentda yer qimirladi, episentr poytaxtdan 31 km masofada ekanligi aytilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. 23 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 6:26da poytaxtda zilzila qayd etildi. Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi bu vaqtda O‘zbekiston sharqida zilzilani qayd etgan.

"Toshkent" seysmostansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 4 balli zilzila episentri Qozog‘iston janubida, Toshkentdan 18 kilometr masofadagi Sariog‘och tumani hududida joylashgan.

Toshkent aholisi 3-4 balli yer qimirlashini sezishgan. 

Zilzila episentri Sariog‘och shahridan 16 kilometr shimoli-sharqda, Toshkentdan 31 kilometr sharqda, 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgani bildirilmoqda. Episentrda zilzila kuchi 4,6 ballni tashkil etgan.