GM Uzbekistan Chevrolet Orlando ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda

Shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarga arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatildi
Sputnik

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. "General Motors" kompaniyasining modellar qatorini yangilash borasidagi global strategiyasiga muvofiq, "Chevrolet Orlando" avtomobilini "GM Uzbekistan" AJ ishlab chiqarish quvvatlarida yig‘ish 2018-yilning birinchi choragida yakunlanadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qiladi.

GM Uzbekistan o‘tgan yili 135 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqardi

Shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarga arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatildi.

"GM Uzbekistan" AJ dillerlik korxonalari bilan birgalikda "Chevrolet Orlando" rusumidagi avtomobillarga tuzilgan shartnomalar uchun iste’molchilar oldida o‘zining majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini hamda shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda avtomobilni to‘liq yetkazib berilishini ta’minlaydi.