Qozog‘istonda yongan avtobus ichidan 44 nafar qurbon tanasi chiqarib olindi

"Hodisa yuz bergan joyda vaziyat chindan og‘ir, tanalarning hammasi kuyib ketgani tufayli ayni vaqtda bittadan chiqarib olinmoqda... Sud ekspertizasi kunu-tun amalga oshiriladi, shundan so‘ng tanalarni O‘zbekiston tomonga berish bo‘yicha qaror qabul qilinadi", - degan gubernator o‘rinbosari
Sputnik

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Yonib ketgan avtobus saloni ichidan halok bo‘lganfuqarolarning tanalarini olib chiqish ishlari davom etmoqda, ayni vaqtgacha 44 kishi jasadi olib chiqilgan, deb xabar qildi Aqtobeda o‘tgan brifingda Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Yerlan Turgumbayev.

Aqtobedagi fojea: avtobusda chatnash yuz berdimi, yoki unga o‘t qo‘yilganmi?
Qozog‘istondan Rossiyaga yo‘l olgan avtobusda yuz bergan yong‘in qibatida 52 nafar migrant haloq bo‘ldi. Yana besh nafar kishi jabrlangan. Yo‘lovchilar shaxsi aniqlanmoqda. Ular orasida O‘zbekiston hamda Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgan. Haydovchi jon saqlab qolgan. U avariya qisqa o‘t chatnashi tufayli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi haqida so‘zlab bergan. Yuz bergan hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Turgumbayevning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in avtomashina salonida bo‘lgani tufayli tanalar tanib bo‘lmas darajaga kelib qolgan. Shu bois, ularni ayni vaqtda Aqtobe shahridagi morgga olib kelib, 19-yanvar kuni shaxsini aniqlash va tanib olish ishlari boshlab yuborilishi ma’lum qilindi.

Aqtobe vloyati gubernatori o‘rinbosari Serik Tulenbergenov bayonotiga ko‘ra, region hokimiyati tergov ishlari uchun zarur bo‘lgan barcha tadbirlarni amalga oshirishmoqda: tanalar morgga va sud-tibbiyot ekspertizasidan keyingi transportirovka ishlari bo‘yicha barcha tadbirlarga hozirlik olib borilmoqda.

"Hodisa yuz bergan joyda vaziyat chindan og‘ir, tanalarning hammasi kuyib ketgani tufayli ayni vaqtda bittadan chiqarib olinmoqda… Sud ekspertizasi kunu-tun amalga oshiriladi, shundan so‘ng tanalarni O‘zbekiston tomonga berish bo‘yicha qaror qabul qilinadi", — degan gubernator o‘rinbosari.