Qozog‘iston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ta’ziya izhor etdi

Qozog‘iston rahbari topshirig‘iga ko‘ra hodisa tafsilotlari va sabablarini aniqlashtirish uchun hukumat komissiyasi tashkil etildi
Sputnik

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevga Qozog‘istonning Aqtobe viloyatida avtobusning yonib ketishi oqibatida O‘zbekiston fuqarolarining fojiali ravishda halok bo‘lgani yuzasidan hamdardlik telegrammasini yo‘lladi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Mirziyoyev Qozog‘istondagi fojia bo‘yicha maxsus huqumat komissiyasini tashkil qildi

"Og‘ir qayg‘uga hamdardman, Qozog‘iston xalqi va o‘z nomimdan halok bo‘lganlarning oilasi va yaqinlariga hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman. Jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib, o‘z oilasiga qaytishini tilayman", — deyilgan telegrammada.

Bundan tashqari, Qozog‘iston rahbari topshirig‘iga ko‘ra hodisa tafsilotlari va sabablarini aniqlashtirish uchun hukumat komissiyasi tashkil etildi.

18 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:30 da Qozog‘istonning Aqtobe viloyatida Samara — Chimkent yo‘lida yo‘lovchi avtobusi yonib ketganligi haqida xabar bergandik. Bu avtobusda 55 yo‘lovchi va ikki haydovchi bo‘lgan. Fojiada faqat 5 kishi tirik qolgan.