Mirziyoyev Qozog‘istondagi fojia bo‘yicha maxsus huqumat komissiyasini tashkil qildi

Komissiya tarkibiga Tashqi ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa idoralarning vakillari kiritilgan
Sputnik

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra Bosh vazir boshchiligida maxsus hukumat komissiyasi tashkil etildi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

O‘zbekiston FVV vakillari Aqtobeda qurbonlar ro‘yxatini tuzmoqda

Xabarda aytilishicha, hukumat komissiyasi tarkibiga Tashqi ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa idoralarning vakillari kiritilgan.

Maxsus hukumat komissiyasiga Qozog‘iston vakillari bilan hamkorlikda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat sabablarini o‘rganish, mamlakat fuqarolari shaxsini aniqlash vazifalari yuklatildi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 18-yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasi Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumanida avtobusning yonishi sodir bo‘ldi, yong‘in natijasida 52 nafar fuqarolar halok bo‘lgan va 5 nafari jabrlangan.