TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Surxondaryoda bir guruh paxta sanoati xodimlari ustidan jinoiy ish ochildi, deb xabar berdi "Xalq so‘zi" nashri. Gap "Angor paxta tozalash" AJ rahbari boshchiligidagi bir guruh xodimlar to‘g‘risida bormoqda.
Ulardan noqonuniy ravishda olib ketilayotgan 48219 kilogramm texnik chigit daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.
Bundan tashqari, "Angor paxta tozalash" AJ mansabdor shaxslari 2017-yil paxta mavsumida fermer xo‘jaliklariga 204730 kilogramm paxta xom ashyosini qo‘shib yozganligi aniqlandi.
Ushbu holatlar bo‘yicha T. Xolboyev, M. Allamurotov, S. Arapov, R. Ashurov, G. Madaminov, A. Nazarovlar, shuningdek, X. Chorshanbiyev va A. Eshqobilovlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mo‘may daromad ilinjida davlat mulkini o‘g‘rilash, talon-taroj qilish va paxta xom ashyosini qo‘shib yozish bilan shug‘ullanganlar endi qilmishlariga yarasha jazo olishlari muqarrar, deb yozgan nashr.