AQSh senatorlari Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalar kiritishni talab qilmoqda

To‘rt nafar senator Alisher Usmonov va Yuriy Chaykani, OAV xabarlariga asoslanib, korrupsiyada ayblamoqda.
Sputnik

TOShKENT, 18 yanv – Sputnik. AQShda Rodjer Viker, Mark Rubio, Kori Gardner va Lindsi Grem ismli respublikachi senatorlar Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalar kiritishni talab qilishmoqda, deb yozadi Forbes.

Senatorlar AQSh Davlat departamenti kotibi Reks Tillerson va Moliya vaziri Stiven Mnuchin hamda Milliy razvedka direktori Denu Koutsuga ushbu talab aks etgan maktub yo‘llagan. Unda Alisher Usmonov va Yuriy Chaykani korrupsiyada ayblab, ularga nisbatan sanksiyalar kiritishni talab qilishgan.

Respublikachi senatorlar o‘z mulohazalarida rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy o‘tkazgan taftish hamda ICIJ, The New York Times va  The Guardian nashrlarida e’lon qilingan xabarlarga asoslangan.