O‘zbekiston va AQSh turli sohalarda muloqotni yanada rivojlantirish borasida fikr almashdi

Zamestitel gosudarstvennogo sekretarya SShA po politicheskim voprosam Tomas Shennon
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bilan uchrashdi
Sputnik

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. 2018-yilning 17-yanvar kuni Vashington shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon bilan uchrashdi, deb xabar berdi TIV matbuot-xizmati

Beliy dom v Vashingtone
Trampning maslahatchisi O‘zbekiston TIV rahbari bilan uchrashdi

Suhbat davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh Prezidenti Donald Trampning 2017-yil 19-dekabrdagi telefon orqali batafsil muloqoti davomida ma’lum qilingan maqsadlarni amaliy joriy etish doirasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-AQSh muloqotini yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibning boshqa dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.