O‘zbekistonda gipsokarton taqchilligi yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirishdi

Gipsokarton ishlab chiqaruvchi zavod "Buxorogips" sanoat quvvatlarini ko‘paytirish maqsadida ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan 2018-yil 1-martga qadar zavod vaqtinchalik o‘z ish faoliyatini to‘xtatdi
Sputnik

TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Gipsokarton ishlab chiqaruvchi zavod "Buxorogips" o‘zbeksitonliklarni o‘z mahsulotiga bo‘lgan taqchillik ehtimoli mavjudligi haqida ogohlantirdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri. 

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bu zavod ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘paytirish maqsadida ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

"Zavodimiz 2018-yil 1-martga qadar vaqtinchalik to‘xtatiladi. Shu munosabat bilan qurilish mollarini savdo bozorlar va do‘konlarda gipsokarton kichik taqchilligi yuzaga kelishi mumkin", — deb ta’kidlashdi kompaniyada.

Undan avval "Knauf" kompaniyasi vakillari ushbu zavodning 30 %dan kam bo‘lmagan darajada ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish rejalashtirilganligi ma’lum qilishdi.

Germaniya banklari O‘zbekistonga 1 milliard yevroga yaqin mablag‘ ajratadi

Germaniya kompaniyasi o‘z loyihalarini rivojlantirish maqsadida 50 million dollardan ortiq investitsiya kiritish rejalashtirilgan. Shu o‘rinda kompaniya rahbariyati bir necha marta ushbu jarayonni ushlab turuvchi omillar (konvertatsiya yo‘qligi va daromadlarni repatratsiya qilinishi) haqida aytishgan. O‘tgan yilning sentabr oyida bu muammolarni hal etilishi germaniyalik ishbilarmonlarni respublikada o‘z quvvatlarini yanada oshirish bo‘yicha harakatlarni jadallashtirishga turtki bo‘ldi. 

O‘zbekistonda "Knauf" tarixi 2005-yilda boshlangan. Kompaniya "Buxorogips" zavodning yirik aksiyadori bo‘lib, uni rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini o‘z zimmasiga oldi.

2009 yilda jiddiy rekonstruksiyadan so‘ng korxona quruq qurilish aralashmalari ishlab chiqarishni boshladi. Ikki yildan so‘ng Buxoro viloyatida gipsokarton ishlab chiqarish zavodi ochildi. Shu vaqt mobaynida Germaniya ishlab chiqaruvchisi mamlakatdagi zamonaviy ishlab chiqarish obyektlarini yaratish uchun jami 63 million dollardan ziyod mablag‘ ajratdi.