Samarqand mehmonxonalarida 25 % chegirma e’lon qilindi

Mavsumiy aksiya barcha mehmonxona xizmatlari uchun amal qiladi va ushbu yilning 10-martiga qadar davom etadi.
Sputnik

TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Samarqand viloyatiga sayyohlarni jalb qilish maqsadida viloyat hokimiyati O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi bilan birgalikda barcha mehmonxonalarda 25 %gacha chegirma e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda bo‘lib o‘tgan matbuot anujmanida bosh vazir o‘rinbosari Suxrob Xolmurodov O‘zbekistonda ayni damda turizm mavsumiy ekanligini va yilning yarmi davomida ushbu sohada hech qanday harakat yuz bermayotganini aytib o‘tgan edi.

“Ichki turizmni faol rivojlantirish dasturi tadbirkorlarga butun yil davomida daromad olish imkonini beradi”, — degan edi Xolmuradov.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni 2,5 mln kishidan oshdi. Bu 2016-yilga nisbatan 24,3 foizga ko‘p.  Sayyohlik xizmatlari hajmi 1,5 mlrd. dollarga yetdi.

Davlat Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi xabariga asosan.