Konvertatsiyani joriy qilish - xaosga olib keladi, deganlar ham bo‘lgan edi - Sodiq Safoyev

Safoyev prezident murojaatnomasi 2017-yildagi faoliyatga o‘ziga xos yakun bo‘lganini, o‘tgan yil mobaynida davlat boshqaruvi tizimida jiddiy keskin o‘zgarishlar amalga oshirilganini ta’kidladi
Sputnik

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. So‘mni erkin konvertatsiya qilish rejasi, tan olish kerak, eng yuqori darajadagi jiddiy bahs-munozaralardan so‘ng joriy etildi, deb ta’kidladi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan matbuot brifingda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev.

Sodiq Safoyev: Yangi uyg‘onish davri boshlandi
2018 yil 16-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifing chog‘ida O‘zbekiston prezidenti Murojaatnomasining asosiy mazmuni va mohiyati muhokama qilindi.

Safoyev prezident murojaatnomasi 2017-yildagi faoliyatga o‘ziga xos yakun bo‘lganini, o‘tgan yil mobaynida davlat boshqaruvi tizimida jiddiy keskin o‘zgarishlar amalga oshirilganini ta’kidladi.

"So‘mni erkin konvertatsiya qilish rejasi, tan olish kerak, eng yuqori darajadagi jiddiy bahs-munozaralardan so‘ng joriy etildi. Uning oqibati yomon bo‘lishini, xaosga olib kelishini bildirganlar ham bo‘ldi. Shunga qaramay, bu moliyaviy amaliyotning tarafdorlarining fikrlari, vaziyatni diqqat bilan tahlil qilish, bu borada xalqaro ekspertlarning maslahatlarini ham olish va konvertatsiyaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish ijobiy samara berdi. Buning natijasida oltin-valyuta zaxirasi 1,1 mlrd dollar o‘sishiga olib keldi", — dedi Safoyev.