TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Restoran va kafelar kerakli xavfsizlik darajasini ta’minlay olgan taqdirda 24 soat davomida ishlashi mumkin bo‘ladi, deb xabar qildi, Davlat Turizmqo‘mitasi raisi Abduxakimov.
Qo‘mita raisining fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda tungi hayot rivojlanmagani turizmning rivojlanishiga xalal bermoqda.
“Agar kafe va restoranlar tungi vaqtda o‘z mijozlarining xavfsizligini ta’minlay olsa, hamda “tourist-friendly” sertifikati talablariga javob bersa, biz bunday joylar uchun 24 soat ishlash imkonini berishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi Abduhakimov.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oxirida turistlar uchun xizmat ko‘rsatish muassasalari uchun Davlat Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan ko‘ngilli ravishda “tourist-friendly” sertifikati olish tartibi ishlab chiqilgan edi.
Ushbu sertifikat olish uchun xizmat ko‘rsatuvchi korxona sanitariya talablari, mahsulot sifati, assortimenti, issiq suv bilan uzuluksiz ta’minlangani, videokuzatuv tizimi borligi, xodimlarining chet tilini bilishi, turli to‘lov tizimlarida pul qabul qilish imkoniyati borligi va boshqa shartlar hisobga olinadi.
Ushbu tizim kiritilishi turizm sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish imkonini beradi.