TOShKENT, 16 yanv — Sputnik.O‘zbekiston besh “yirik mamlakat” bilan vizasiz kiritish tartibi o‘rnatadi, deb xabar qildi Davlat Turizm qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov, 15-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
“Mamlakatda viza olish tartibini soddalashtirish uchun ko‘plab ishlar qilinmoqda. Bugun biz besh “yirik mamlakatga” nisbatan vizasiz kirish masalasini hal qilmoqdamiz. Undan tashqari biz katta miqdorda ziyoratchilar kelishi kutilayotgan mamlakatlar uchun maxsus viza turini qo‘llashni rejalashtirmoqdamiz. Shuningdek yana 40 mamlakat uchun ham viza olish masalasini soddalashtirishni ko‘rib chiqmoqdamiz”, — dedi qo‘mita rahbari.
Bularning barchasi yangi qonuniy hujjatda o‘z aksini topadi.
Undan tashqari yaqin orada O‘zbekiston va Tojikiston ham viza cheklovlarini bekor qiladi. Ushbu haqidagi bitim Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega rejalashtirilayotgan tashrifi davomida imzolanishi rejalashtirilgan.