O‘zbekiston aholisi bir yilda 500 mingdan ortiq kishiga ko‘paydi

Bundan avval Davlat statistika qo‘mitasida 2020-yilda respublika aholisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi haqida ma’lum qilingandi
Sputnik

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. O‘zbekiston doimiy aholisi soni 2018-yil 1-yanvar holatiga 32 653,9 ming kishini tashkil qilib, 2017-yilda 533,4 ming kishiga yoki 1,7 %ga o‘sgan.

2017 yilda O‘zbekistonda neft ishlab chiqarish 6,3 foizga kamaydi

Bunday raqamlar Davlat statistikasi qo‘mitasi hisobotida respublikaning demografik holati haqida hisobotida qayd etilgan.

Jumladan, shahar aholisi soni 16 533,9 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,6 %), qishloq aholisi soni 16120,0 ming kishini (49,4 %) tashkil etdi.

Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2018-yil 1-yanvar holatiga eng ko‘p aholi soni Samarqand viloyatida 3 719,6 ming kishini (respublika aholisi sonidagi ulushi 11,4 %ni) tashkil etib, keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyatida 3 620,1 ming kishini (11,1 %), Qashqadaryo viloyatida 3 148,1 ming kishini (9,6 %), Andijon viloyatida 3011,6 ming kishini (9,2 %) tashkil etdi.

2018 yil 1-yanvar holatiga aholisi soni 3 mln. kishidan oshgan hududlar soni 4 tani tashkil etdi.

2017 yilda 715,5 mingta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 22,1 promilleni tashkil qilib, 2016-yilga nisbatan 0,7 promillega kamaydi (2016 yilda 22,8 promille bo‘lgan).

Markaziy Osiyoda eng uzoq yashaydigan xalq - o‘zbekistonliklar ekanligi aytildi

2017 yilda 161,5 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 5,0 promilleni tashkil etib, 2016-yilning mos davriga nisbatan 0,1 promillega oshdi (2016 yilda 4,9 promille bo‘lgan).

2017 yilda FHDYo organlari tomonidan 306,0 mingta nikoh qayd etildi. Respublika bo‘yicha 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 9,4 promilleni tashkil etmoqda.