Qozog‘istonda ulkan va g‘aroyib tort pishirildi

Shimkentdagi to‘yda og‘irligi 7 tonna narxi 179 ming dollar bo‘lgan tort pishirildi.
Sputnik

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Bugun ijtimoiy tarmoq va OAVlarning barchasi Qozog‘istonning Shimkent shahridagi to‘lardan biri uchun tayyorlangan tort haqida gapirmoqda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, tortni Renat Agzamov ismli qandolatchi tayyorlagan. Torning og‘irligi 1,5 tonna, diametri 3 metr, balandligi 4,2 metr. Narxi esa — 21 mln tenge yoki 179 000 dollar.

Ushbu tort oddiy tortlardan yana bir farqi — uning ustida haqiqiy qo‘g‘rchoq teatri namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Tort ustida chiroyli, bir necha qavatdan ibort uyinchoq qasr bilan bezatilgan. Tort omma oldiga olib chiqilganidan keyin, ikki ot qo‘shilgan chiroyli foytun qasr oldiga kelib to‘xtadi. Undan kelin va kuyov tushib qasr ichiga kirishdi, so‘ng qasrning uchinchi qavatiga chiqib, balkondan ko‘rinishdi. Demak tort ichida lift ham o‘rnatilgan ekan.