TOShKENT, 15 yanv — Sputnik.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Muddatli harbiy xizmatga bahorgi chaqiriq haqidagi prezident qarori e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, chaqiruv yoshidagi fuqarolar mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.
“Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2018-yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirilsin”, — deyilgan prezident qarorida.
Qarorga ko‘ra, chaqirilishdan ozod etishga huquqi bo‘lgan fuqarolar, safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolar esa 2018-yilning fevral-aprel oylarida Qurolli kuchlar rezervi safiga qo‘shiladi.