O‘zbekiston musulmonlari AQSh Davlat departamenti hisobotidan norozi

O‘zbekiston musulmonlari AQSh tashqi ishlar muassasi tomonidan respublikaning “alohida bezovtalik uyg‘otayotgan mamlakatlar” qatoriga qo‘shilishidan norozi bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Musulmonlar idorasi Vashington tomonidan O‘zbekistonni fuqarolar diniy erkinligi buzilishi tufayli “alohida bezovtalik uyg‘otayotgan” mamlakatlar qatoriga qo‘shilishidan norozi, bo‘ldi deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

“Musumonlan O‘zbekistonning AQSh Davlat departamenti tomonidan tuzilgan “Fuqarolar diniy erkinligi doimiy ravishda qo‘pol buzilayotgan mamlakatlar” ro‘yxatiga kiritilishidan haqli ravishda norozi. Biz, O‘zbekistonning ushbu ro‘yxatga kiritilishini xato deb hisoblaymiz”, — deyilgan Musulmonlar idorasi xabarida.

Idora xabariga ko‘ra, o‘tgan yili diniy sohada jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi va to‘planib qolgan muammolarni hal qilish uchun katta ishlar amalga oshirildi. Xususan, mamlakatda imom al-Buxoriy va imom at-Termiziy nomli Islom sivilizatsiyasi markazi va xalqaro izlanishlar markazlari tashkil qilindi. Viloyatlarda hadis, fikx, aqida va tasavvufni o‘rgatuvchi maktablar ochildi.

BMT rahbari terrorchilarning asosiy nishoni musulmonlar ekanligini ta’kidladi

Oliy dininy o‘quv markazlarining umumiy soni 11taga yetdi. Buxoroda Oliy madrasa tashkil qilindi, Toshkent Islom institutida uch yillik maxsus sirtqi bo‘lim ochildi, o‘quv yurtlariga qabul qilish kvotalari 150%ga oshirildi. Butun respublika bo‘ylab 15 yangi masjid qurildi, 55ta masjid qayta ta’mirlandi.

Undan tashqari Haj safari uchun belgilangan kvotalar miqdori ham 5200 kishidan 7200 kishigacha oshirildi. Umra safari kvotasi esa 6000 kishidan 10000 kishigacha oshirildi. Bugungi kunga qadar 120 ming O‘zbekistonliklar Hajga borib kelishdi, 92 mingdan ortiq kishi esa – Umra ziyoratiga.

“Respublikadagi turli din vakillari diniy erkinlik sohosida ijobiy o‘zgarishlarni qayd etishmoqda. Ushbu muhim o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, O‘zbekistonni “alohida bezovtalik uyg‘otayotgan mamlakatlar” ro‘yxatiga kiritish – o‘tmish nigohlariga asoslangan”, — deyishdi Musulmonlar idorasida.