Ostonada ikki sichqon bankomatdagi pullarni paqqos tushirdi

Ostonadagi bankomatlardan birida inkassatsiya vaqti ikkita sichqon va qog‘oz pul qoldiqlari topildi.
Sputnik

TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Qozog‘istonning Ostona shahrida, ikki siqqon sovuq havodan qochib bankomat ichiga kirib olgan, keyin esa u yerdagi qog‘oz pullarni yeya boshlagan.

Inkassatsiya xodimlari bankomatni ochgan vaqtida bir to‘plam qog‘oz pul qoldiqlari topishgan. Keyinchalik bank ham ushbu ma’lumotni tasdiqlagan.

“Haqiqatdan ham, Ostona shahri yaqinida o‘rnatilgan bankomatlarning birida, inkassatsiya jarayonida ikki sichqon topildi. Ular sovuqdan qochib bankomat ichiga kirib olganga o‘xshaydi. Ayni damda ularning hayotiga hech narsa havf solmayapti”, — deyilgan bank xabarida.

Bank ma’lum qilishicha, kemiruvchilar umumiy hisobd 100 ming tenge pulga zarar yetkazishgan. (300 dollarga yaqin), nur.kz xabariga asosan.