TOShKENT, 12 yanv – Sputnik. Rossiyaning Razan viloyati Rajskiy tumani politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 11yanvarga o‘tar kechasi Sheremetyevo qishlog‘ida joylashgan uyda zaharli gaz isidan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi zaharlangan, deb ma’lum qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati. Viloyat tergov boshqarmasining aniqlanishicha, barcha shaxslar rasman mahalliy fermer xo‘jaligida mehnat qilishgan.
Zaharlanish oqibatida, 1966-yilda tug‘ilgan, Surxondaryo viloyati Denov tumanilik Samadov Panji Norsoatovich, 1966-yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati Jalaquduq tumanilik Pazilov O‘rmonjon Numonovich, 1969-yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanilik Mirzojonov Alijon Yuldoshovich va1981 yilda tug‘ilgan, Navoiy viloyati Zarafshon shahrilik Xayitov Samat Ilmuratovich olamdan o‘tgan.
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanilik Saidov Sherxon Muhammadovich (1990 yilda tug‘ilgan) Rajskiy tuman kasalxonasining reanimatsiya bo‘limida salomatligi og‘ir holatda saqlanmoqda.
Amaliy yordam berish va masalalarni o‘z o‘rnida hal etish maqsadida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimlari Razan viloyatiga zudlik bilan jo‘nab ketishgan.