Fevralda futbol bo‘yicha jahon chempionati kubogi Toshkentga olib kelinadi

Jahon kubogi sayohati Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati oldidan o‘tkazilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 11 yanv – Sputnik. 6-fevral kuni futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionatining kubogi Toshkentga olib kelinadi. Bu haqda FIFAning jahon chempionatiga bag‘ishlangan saytida xabar qilindi.

Jahon kubogi sayohati Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati oldidan o‘tkazilmoqda.

Kubok sayohati davomida har bir hududda ijtimoiy va sport tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kubok 7-fevral kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobodga olib ketiladi.

Futbol bo‘yicha 21-jahon chempionati 2018-yil 14-iyundan 15-iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi. Chempionat uchrashuvlariga Volgograd, Yekaterinburg, Qozon, Kaliningrad, Moskva, Nijniy Novgorod, Rostov-Don, Samara, Sankt-Peterburg, Saransk va Sochi shaharlari mezbonlik qiladi.