Markaziy bank ayrim aktivlaridan voz kechadi

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki va "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat banki ustav kapitalidagi Markaziy bank ulushi Moliya vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi
Sputnik

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki o‘zining ikkita tijorat banki ustav kapitalidagi ulushini Moliya vazirligiga beradi,deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Markaziy bank: 2018-yilda inflyatsiya darajasi 11,5-13,5 foizni tashkil etadi

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki va "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat banki ustav kapitalidagi Markaziy bank ulushi Moliya vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.

Bundan tashqari, Markaziy bank xodimlarini tijorat banklari, xo‘jalik boshqaruv organlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kuzatuv kengashlari tarkibiga kiritilishi taqiqlandi.

Bugungi kunda Markaziy bank Xalq bankining 49% aksiyasiga egalik qiladi, qolgan 51%i esa Moliya vazirligiga tegishli.

Xalq banki O‘zbekiston bank tizimidagi eng yirik bo‘g‘inlardan biri. Uning asosiy vazifalardan biri fuqarolarni o‘z vaqtida pensiya bilan ta’minlashdir.

"Mikrokreditbank" esa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, fermer va dehqon xo‘jaliklariga kredit ajratish bilan shug‘ullanadi.