Prezident Virtual qabulxonasi yangilanadi

Dasturga muvofiq O‘zbekiston prezidentining yangilangan Virtual qabulxonasi dasturiy ta’minoti takomillashtirilib, unda aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn maslahatlar berish imkoniyati yaratiladi
Sputnik

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Aholiga onlayn maslahat berish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston prezidentining yangilangan Virtual qabulxonasi 2018-yil 20-iyungacha joriy etiladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

2018 yil 1-aprelgacha Toshkentda propiskasiz ishga qabul qilinishi mumkin

Bu tadbir 9-yanvardan jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan 2018-yilgi Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan. Dastur loyihasi 15-yanvargacha umumxalq muhokamasida bo‘ladi.

Dasturga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining yangilangan Virtual qabulxonasi dasturiy ta’minoti takomillashtirilib, unda aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn maslahatlar berish imkoniyati yaratiladi.

Ushbu bandi ijrosiga mas’ul vazirlik — Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi 2016-yil 25-sentabrida ishga tushirilgan.

Virtual qabulxona hukumatning aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari bilan yaqindan ishlashga, joylarda mavjud muammolarni hal qilish va korrupsiyaning oldini olishga mo‘ljallangan bepul elektron resurs bo‘lib kelgan.