Mijozlar bank uchun emas, bank mijozlar uchun ishlashi lozim

Markaziy bank tomonidan 2018-yil 20-mayga qadar O‘zbekiston bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida kompleks chora-tadbirlar dasturi tayyorlanishi belgilangan
Sputnik

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekiston bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash va unga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash maqsadida kompleks chora-tadbirlar dasturi tayyorlanadi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

2018 yil 1-aprelgacha Toshkentda propiskasiz ishga qabul qilinishi mumkin

Xabarda aytilishicha, kuni kecha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili" Davlat dasturi loyihasida bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash va unga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, jumladan, "mijozlar bank uchun emas, bank mijozlar uchun ishlashi lozim" shiori keng joriy qilinadi.

Bularni amalga oshirish uchun 2018-yil 20-maygacha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi. Ushbu bandga mas’ul etib Markaziy bank, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari belgilandi.

Dastur talablariga ko‘ra aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar tartibini soddalashtirish, yangi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilgan holda xizmatlar turlarini ko‘paytirish, shu jumladan, masofadan turib xizmat ko‘rsatish turlarini joriy qilish nazarda tutiladi.