Qur’on musobaqasida ishtirok etish uchun 2 mingdan ortiq kishi hujjat topshirdi

Fuqarolardan kelib tushayotgan ko‘plab talab-istaklarni inobatga olgan holda ishtirokchilarni ro‘yxatga olish muddati 13-yanvardan 15-yanvargacha uzaytirildi
Sputnik

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Qur’on musobaqasini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaning ma’lum qilishicha, 10-yanvar holatiga ko‘ra musobaqada ishtirok etish uchun 2079 kishi (1118 nafar erkaklar, 861 nafar ayollar) hujjat topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

"Musobaqada ishtirok etish uchun 8-yanvar holatiga ko‘ra 733 nafar yurtdoshlarimiz hujjat topshirishgan, 9-yanvar holatiga ko‘ra 1101 tani tashkil etgan edi", deyiladi xabarda.

Qur’on musobaqasida 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan barcha fuqarolari hifz va tilovat yo‘nalishlari bo‘yicha qatnashishlari mumkin.

Fuqarolardan kelib tushayotgan ko‘plab talab-istaklarni inobatga olgan holda ishtirokchilarni ro‘yxatga olish muddati 13-yanvardan 15-yanvargacha uzaytirilgani ma’lum qilindi.