"O‘zbekenergo" Mirziyoyevga innovatsion g‘oya asosida quriladigan GES loyihasini taqdim qildi

"O‘zbekgidroenergo" AJ Mirziyoyevga innovatsion g‘oya va yangi texnologiyalar asosida Pskent, Chorbog‘ gidroelektr stansiyasini qurish hamda uning barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha investitsiya loyihasi taqdim qildi
Sputnik

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahridagi "O‘zbekkimomash" aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldi, shu yerda "O‘zbekenergo" Mirziyoyevga innovatsion g‘oya asosida quriladigan GES loyihasini taqdim qildideb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.

Mirziyoyev, bir nechta yangi loyihalar bilan tanishgan.

Innovatsiya, innovatsiya, innovatsiya: bizga u nimaga kerak?
Xususan, "O‘zbekkimomash" taqdim etgan yangi loyiha bo‘yicha mavjud metall quyish quvvati 1,7 ming tonnadan 4 ming tonnaga oshiriladi. Mahsulot sifati yaxshilanadi, energiya va mehnat resurslari tejaladi.

Prezident Chirchiq shahrini shaharsozlik normalari asosida qayta qurish loyihasi bilan ham tanishgan. "Chirchiq markaziy dehqon bozori" MChJ rekonstruksiya qilish loyihasiga ko‘ra, yangi tipdagi zamonaviy bozor tashkil qilinadi.

Loyihalarda shahar markaziy istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish, "Chirchiq" darosi bo‘yida zamonaviy sayilgoh qurish, Chirchiq davlat pedagogika hamda jismoniy tarbiya institutlarini zamonaviy o‘quv maskaniga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot bor.

"O‘zbekgidroenergo" AJ Mirziyoyevga innovatsion g‘oya va yangi texnologiyalar asosida Pskent, Chorbog‘ gidroelektr stansiyasini qurish hamda uning barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha investitsiya loyihasi taqdim qilgan.

Prezident O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy aloqa vositalarini ko‘zdan kechirdi
Prezidentga shuningdek, "Chirchiq qishloq xo‘jaligi zavodi" hududida amalga oshiriladigan qishloq xo‘jaligi mashinasozlik sohasini rivojlantirish dasturi haqida ma’lumot berildi.

Mirziyoyevga qishloq xo‘jaligining mashinasozlik sohasida resurs tejaydigan agrotexnologiyalarni joriy etishni ta’minlaydigan zamonaviy, unumdorligi yuqori qishloq xo‘jaligi texnikasi va mexanizatsiya vositalarini ishlab chiqarish yuzasidan qilinadigan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Davlat rahbari sanoat tarmoqlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar yaqin yillarda o‘z samarasini berishini ta’kidladi.