Prezident O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy aloqa vositalarini ko‘zdan kechirdi

Ushbu mahsulotlar "O‘zelektoapparat" zavodida ishlab chiqarilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ishlab chiqarila boshlangan raqamli radiostansiya texnikalari bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu mahsulotlar "O‘zelektoapparat" zavodida ishlab chiqarilmoqda.

"Xitoyning Hytera kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu loyiha samarasida 8 turdagi apparatlar tayyorlanmoqda", deyiladi xabarda.

Qayd etish joiz, ilg‘or texnologiyalarga asoslangan bunday texnikalar shu paytgacha O‘zbekistonda ishlab chiqarilmas edi.