Uzbekistan airways Toshkent-Bishkek yo‘nalishi chiptalari narxini tushirdi

Toshkent — Bishkek — Toshkent reysi seshanba va payshanba kunlari A320 samolyotlarida amalga oshiriladi
Sputnik

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy avikompaniyasi Toshkent — Bishkek — Toshkent yo‘nalishida differensiyalashtirilgan tariflarni joriy etdi va aviachiptalar narxini tushirdi.

"Endilikda aviachiptaning minimal narxi bir tomonga 91 yevro va borib-qaytishga 171 yevroni tashkil etadi. To‘lov Markaziy bank belgilagan kundagi kurs bo‘yicha amalga oshiriladi", — deyiladi aviakompaniya xabarida.

Toshkent — Bishkek — Toshkent reysi seshanba va payshanba kunlari A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.