Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahridagi harbiy qismlardan biriga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev harbiy qismdagi sharoitlar bilan tanishib, munosib xizmat qilgan harbiylarga barcha sharoitlar yaratish, ularni uy-joy, avtomashina bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi
Sputnik

TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi harbiy qismlardan biriga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmatining Telegramdagi kanali xabar berdi.

O‘zbekiston armiyasi - Markaziy Osiyoda eng qudratli armiyalardan biri

Xabar qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev harbiy qismdagi sharoitlar bilan tanishib, munosib xizmat qilgan harbiylarga barcha sharoitlar yaratish, ularni uy-joy, avtomashina bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi.

Prezident harbiy xizmatchilarning harbiy libos va asbob-anjomlari bilan tanishib, ularni zamonaviy asosda yangilash, ta’minot tizimini takomillashtirish zarurligini ta’kidladi.

Global Firepower ekspertlari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekiston armiyasi dunyoning eng kuchli 50 armiyasi ro‘yxatiga kiritilgan va Markaziy Osiyodagi harbiy qudrati eng yuqori davlat hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 14-yanvarda Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanadi.