TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. Fuqarolarning xorijga chiqish tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti farmonining loyihasi ko‘rib chiqilmoqda, deb yozadi uz24.uz. Bu 9-yanvardan jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan 2018-yilgi Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.
Loyihaga ko‘ra, pasport tizimi bo‘yicha yangi tartib 2018-yil 1-iyuldan kuchga kirishi belgilangan.
Hujjatda milliy biometrik pasportni xorijga chiqish pasporti sifatida e’tirof etish va O‘zbekiston hududida yashash, harakatlanish uchun fuqarolik pasporti o‘rniga shaxsni tasdiqlovchi ID — identifikatsiya kartasini joriy etish nazarda tutiladi.