Toshkent—Andijon—Toshkent temiryo‘l yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar tashkil etildi

Qo‘shimcha reyslar 9-yanvardan 12-yanvargacha Toshkentdan, 10-yanvardan 13-yanvargacha Andijondan jo‘nab ketadi
Sputnik

TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 9—13 yanvar kunlari Toshkent—Andijon—Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha reyslarni tashkil etdi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar berdi.

FVV Qamchiq dovoni orqali vaqtincha harakatlanmaslikni tavsiya etmoqda

Jamiyat matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qo‘shimcha reyslar 9-yanvardan 12-yanvargacha Toshkentdan, 10-yanvardan 13-yanvargacha Andijondan jo‘nab ketadi.

Qo‘shimcha qo‘yilgan poyezdlar qatnov jadvaliga ko‘ra, №560 “Toshkent – Andijon” poyezdi Toshkentdan soat 21:15 da yo‘lga chiqib, Andijonga 03:16 da yetib keladi.

№559 “Andijon – Toshkent” poyezdi Andijondan soat 07:15 da jo‘nab, Toshkentga soat 13:55 da keladi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Favqulodda vaziyatlar vazirligi 11—12 va 14-yanvar kuni Qamchiq dovonida bo‘ronli ob-havo kutilayotgani haqida xabar qilgandi.