Andijonda Shoh Jahon bunyod ettirishni orzu qilgan Toj Mahal quriladi

Bu yerda Zahiriddin Muhammad Boburning Hindistondagi qarorgohini eslatuvchi dam olish joyi ham quriladi
Sputnik

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Andijondagi "Bog‘i Bobur" dam olish maskanida katta hajmdagi obodonlashtirish ishlari bajariladi. Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi raisining Turkiyadan jalb qilingan maslahatchisi Sodiq Badak ishtirokida Andijonda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda aytildi, deb yozadi "Xalq so‘zi" nashri.

O‘zbekistonda turizm masalalari bo‘yicha "qaynoq liniya" ishga tushdi

Qayd etilishicha, bog‘da Bobur choyxonasi qad rostlaydi, mavjud muzey esa yanada kengaytiriladi.

Bu yerda Zahiriddin Muhammad Boburning Hindistondagi qarorgohini eslatuvchi dam olish joyi hamda Shoh Jahon Agrada bunyod ettirishni orzu qilgan qora rangdagi Toj Mahal qurilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda viloyatda 300 dan ziyod sayyohlik obyekti mavjud bo‘lib, ulardan 20 tasi bo‘yicha turistik yo‘nalishlar ishlab chiqilgan.