TIV Saratov viloyatidagi YTHda jabrlangan o‘zbekistonliklar holati haqida ma’lum qildi

Hozirgi paytda O‘zbekiston fuqarosi Choriyeva Sayohat Tashpulatovna Saratov viloyati Petrov tumanidagi kasalxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan
Sputnik

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligining Saratov viloyati bo‘yicha Bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 7-yanvar kuni taxminan soat 20.00 da federal avtomobil yo‘lining 560-chi kilometrida yo‘l transport hodisasi ro‘y bergan. Saratov viloyati tomon harakatlanayotgan BMW rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib RENO rusumli mikroavtobus bilan to‘qnashgan. YTH natijasida 5 kishi jabrlangan.

Sankt-Peterburgda YTHda 6 nafar o‘zbekistonlik jabrlandi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, barcha jabrlanganlar, shu jumladan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi va VMW haydovchisi Petrov tuman kasalxonasiga olib kelingan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, hozirgi paytda O‘zbekiston fuqarosi Choriyeva Sayohat Tashpulatovna (1982 yil 30-avgustda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan) Saratov viloyati Petrov tumanidagi kasalxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Uning holati barqaror, jabrlanganning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan RENO mikroavtobusining boshqa yo‘lovchilari yengil tan jarohati olishgan va kasalxonaga yotishni rad etishgan:

1. Fayoza Rustam qizi Eshpulatova, 1995-yilda tug‘ilgan;

2. Muxtorxon Pulatovich Giyosov, 1972-yil 6-yanvarda tug‘ilgan;

3. Nuriddin Ilxamovich Xaydarov, 1986-yil 14-fevralda tug‘ilgan.

Hozirgi vaqtda elchixonaning Konsullik bo‘limi jabrlangan ayolga yordam berish masalasini hal etmoqda.