Qarzi yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq organiga bormasdan olish mumkin bo‘ldi

Mazkur onlayn xizmat o‘z noyob raqamiga ega va har qanday talabga javob berishi mumkin
Sputnik

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq organlariga bormasdan soliq qarzlari va boshqa majburiy to‘lovlar yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnomani Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali (YaDIXP) orqali olishlari mumkin bo‘ldi, deb xabar berdi UZINFOCOM.

"Mazkur onlayn xizmat o‘z noyob raqamiga ega va har qanday talabga javob berishi mumkin. Ma’lumotnoma berilgan organning to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq organlarining ma’lumotlar bazasidan taqdim etilgan ma’lumot to‘g‘ri ekanini tekshirish imkoni mavjud", — deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, mol-mulkka ega bo‘lgan shaxslar ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin.

Ma’lumotnomani portaldan ro‘yxatdan o‘tib, "Xizmatlar" bo‘limi orqali olish mumkin.