Toshkentda Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali ochiladi

Mazkur oliy ta’lim muassasasi kinematografchilarni yetishtirib beruvchi dunyodagi nufuzli ta’lim dargohlaridan biri bo‘lib, o‘zbek kinosi arboblarining ko‘pchiligi aynan mana shu muassasada bilim olgan
Sputnik

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2017-yil 29-dekabrda kinematografiya sohasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalar bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish Bayonida Moskva shahridagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining (VGIK) Toshkent shahar filialini ochish bo‘yicha taklif tayyorlash belgilab qo‘yilgan. Bu haqda O‘zbekkino milliy agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasi rahbarlari bilan majlis o‘tkazdi

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining kino sohasidagi kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Moskva shahridagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent shahar filialini ochish bo‘yicha Rossiya hukumati bilan muzokaralar olib borishi va natijasi yuzasidan tegishli taklif tayyorlashi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur oliy ta’lim muassasasi kinematografchilarni yetishtirib beruvchi dunyodagi nufuzli ta’lim dargohlaridan biri bo‘lib, o‘zbek kinosi arboblarining ko‘pchiligi aynan mana shu muassasada bilim olgan.