Nazarboyev o‘z xalqiga muhim murojaat qilmoqchi - OAV

Qozog‘iston prezidentining chiqishi olti daqiqa davom etadi
Sputnik

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bugun qozog‘istonliklarga muhim bayonot bilan murojaat qiladi, deb xabar tarqatmoqda qozoq OAVlari.

"Prezident an’anaviy tarzda Qozoiston xalqiga murojaatnoma yo‘llaydi", — deyiladi xabarda.

Qozog‘iston prezidenti matbuot-xizmati ushbu murojaatnoma respublika kanallarida bugun, 9-yanvar kuni, Ostona vaqti bilan 19.00da namoyish etilishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Nazarboyevning chiqishi olti daqiqa davom etadi.