O‘zbekiston iqtisodiga pul tikadigan tadbirkorlar tekshirilmaydi - Prezident

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarni xorijiy banklardagi pullarni O‘zbekistonga o‘tkazishga chaqirdi, deb xabar bermoqda mahalliy OAVlar
Sputnik

TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat tadbirkorlarini chet el banklaridagi pullarni O‘zbekistongao‘tkazishga da’vat qildi, deb yozadi "Uzdeyli" nashri.

Toshkent viloyati xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida chiqish qilgan O‘zbekiston rahbari, endilikda O‘zbekistonda mamlakat iqtisodiyotiga pul tikkan tadbirkorlar tekshirilmasligini ta’kidlagan, deb yozadi nashr.

Prezident tadbirkorlarni O‘zbekistonga sarmoya kiritishga, zavodlar qurishga, klasterlar yaratishga chaqirgan. O‘tgan davrlar o‘tib ketdi, bo‘lar ish bo‘ldi, deb ta’kidlagan davlat rahbari.