TOShKENT, 8 yanv – Sputnik. 7-yanvar kuni Toshkentdagi Botkin ko‘chasida 21 yoshli yigit boshqaruvida bo‘lgan "Lacetti" avtomobili katta tezlikda kelib simog‘ochga urilgan.
UzNews.uzning Toshkent shahar IIBB YHXBga tayanib xabar berishicha, hodisa soat taxminan 15:20da sodir bo‘lgan.
1996 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va mashina katta tezlikda kelib simog‘ochga urilgan. Haydovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Kuchli zarba oqibatida mashinaning old qismi qattiq zararlangan, motori esa uchib chiqib ketgan.