FVV Qamchiq dovoni orqali vaqtincha harakatlanmaslikni tavsiya etmoqda

11, 12 va 14-yanvar kunlari Qamchiq dovonida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi kutilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 8 yanv – Sputnik. O‘zgidromet ma’lumotiga asosan, 11, 12 va 14-yanvar kunlari Qamchiq dovonida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Qamchiq dovonida qutqaruvchilar 40dan ortiq mashinani qor uyumidan chiqarib olishdi

Xabarga ko‘ra, shuningdek, tuman tushib ko‘rinishning 50-100 metrgacha yomonlashishi, shamol tezligi 22-25 m/s gacha kuchayishi, yo‘llarda qor uyumlarining yuzaga kelishi, yo‘lning muzlashi ham kutilmokda.

"Qamchiq dovoni orqali vaqtincha harakatlanmaslikni tavsiya etamiz", deyiladi xabarda.

Ma’lumot berilishicha, Qamchiq dovonida bugun soat ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi, tuman tushishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FVV matbuot xizmati Qamchiq dovonida 44 ta avtotransport vositasi qor uyumidan chiqarib olingani haqida xabar qilgandi.