Qarshida o‘zi ishtirok etgan behayo lavhalarni telefonida saqlab kelgan qiz jazolandi

Uning "Samsung" markali telefoni xotirasida 134 dona pornografik mazmundagi videolavha borligi aniqlandi
Sputnik

TOShKENT, 7 yanv – Sputnik. "Moskva-Qarshi" yo‘nalishidagi 624-sonli aviareys bilan ushbu aeroportda parvozini yakunlagan Qarshi shahrilik 18 yoshli fuqaro Olga Bogdasarova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida uning "Samsung" markali telefoni xotirasida 134 dona pornografik mazmundagi videolavha borligi aniqlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmat xabar berdi.

O‘zbek bojxonachilari 67,8 mingdan ortiq behayo materiallarning olib kirilishiga chek qo‘yishdi

"Achinarlisi shundaki, mazkur telefon xotirasidan Olga o‘zining behayo xatti-harakatlarini yillar davomida tasvirga olib saqlab kelayotgan bir nechta videolavha ham joy olgan ekan. Qiziq, Olganing bu ishlari, yurish-turishidan ota-onasining xabari yo‘qmi? Nazorat qilmaganmi?", deyiladi xabarda.

Tegishli sud idorasining qaroriga ko‘ra, yuqoridagi huquqbuzarlik holatlarini sodir etgan Olga Bogdasarovaga nisbatan jarima jazosi belgilandi. Huquqbuzarlik ashyosi hisoblangan telefon apparati davlat egaligiga o‘tkazildi hamda uning xotirasidagi behayo lavhalar belgilangan tartibda yo‘q qilinishi ta’minlandi.

Ma’lumot berilishicha, joriy yilning o‘tgan davrida Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 81 ta holatda 8 ming 701 dona pornografik mazmundagi videolavha, karta va suratlarning bojxona chegaralari orqali O‘zbekistonga olib kirilishining oldi olingan.