“Abu Saxiy” aslida saxiy bo‘lmagani ma’lum bo‘ldi

“Abu Saxiy” bozori qayta tashkil etilganidan so‘ng davlat budjetiga to‘lanadigan soliqlar miqdori 14 baravar oshdi.
Sputnik

TOShKENT, 5 yanv – Sputnik. Toshkentning eng katta bozori “Abu Saxiy” faoliyati tugatilib, “Toshkent ipak yo‘li” majmuasi tashkil tashkil qilinganidan so‘ng davlat budjetiga kelib tushadigan soliqlar miqdori keskin oshdi, deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.

“Sobiq “Abu Saxiy” MChJda davlat budjetiga bir oyda 5 milliard so‘m tushgan. Ushbu bozor “Toshkent ipak yo‘li” majmusiga aylantirilgandan so‘ng atigi 15 kunda tushum 35 milliard so‘mga yetgan”, — deyilgan Shavkat Mirziyoyevning Facebookdagi rasmiy sahifasida.

Xabarda keltirilgan 15 kunlik soliq miqdori bir oyda 70 mlrd so‘m bo‘lishi mumkin. Bu “Abu Saxiyga” nisbatan 14 baravar ko‘p soliq to‘lanmoqda degani.

Ushbu xabar ostida qoldirilgan izohlarga qaragandan, ko‘pchillik yuqoridagi raqamlarni ko‘rib hayratdan yoqa ushlagan.